Hoziroq biz bilan bog'laning: +998958268212

Obuna bo'ling:
Yangiliklar
Shahzoda Negmatova raisligida institut Akademik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Qabul yangiliklari
2026-06-19
4310

Yig‘ilish davomida institutdagi akademik lavozimlarga nomzodlarni saralash va tanlab olish bo‘yicha tanlov komissiyasi tarkibi tasdiqlandi. Shuningdek, har bir akademik lavozim uchun amaldagi tartib va me’yoriy hujjatlar asosida ishlab chiqilgan malaka talablari atroflicha muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi. Kun tartibidagi masalalar doirasida xalqaro tan olingan ta’lim dasturlari asosida tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlaridagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda o‘quv jarayonini takomillashtirish yuzasidan muhim vazifalar belgilandi. Yig‘ilish yakunida qabul qilingan qarorlarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ul xodimlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo'ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling