Hoziroq biz bilan bog'laning: +998958268212

Obuna bo'ling:
Yangiliklar
Samarqand davlat pedagogika institutida “Yoshlar kuni” munosabati bilan institut rektori Shahzoda Negmatova ishtirokida jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishida tahsil olayotgan iqtidorli talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Yoshlar kuni
2026-06-18
4330

Samarqand davlat pedagogika institutida “Yoshlar kuni” munosabati bilan institut rektori Shahzoda Negmatova ishtirokida jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishida tahsil olayotgan iqtidorli talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Muloqot davomida sport sohasini yanada rivojlantirish, mavjud moddiy-texnik bazani mustahkamlash, yosh sportchilarning salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish hamda ular uchun munosib shart-sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, rektor sport sohasi halollik, adolat va shaffoflik tamoyillariga asoslanishi hamda korrupsiyadan xoli yo‘nalish bo‘lishi lozimligini ta’kidlab, yoshlarni yuqori natijalar sari intilishga, institut va mamlakat nufuzini xalqaro maydonlarda munosib himoya qilishga chaqirdi.

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo'ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling