Hoziroq biz bilan bog'laning: +998958268212

Obuna bo'ling:
Yangiliklar
Ilmli ayol – kuchli jamiyat!

Qabul yangiliklari
2026-06-18
4314

Samarqand davlat pedagogika institutida xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan “Ilmli ayol – kuchli jamiyat” mavzusida ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi. Viloyat hokimligi Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda institut hamkorligida tashkil etilgan forum doirasida talaba-qizlarning ijodiy ishlari va amaliy san’at namunalari ko‘rgazmalari, STEAM treninglari hamda motivatsion uchrashuvlar tashkil etildi. Forumni institut birinchi prorektori B. Abdurazoqov ochib berdi. Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari Z. Saidova va viloyat “Oqila ayollar” harakati rahbari J. Sayfutdinovalar xotin-qizlar ta’limini rivojlantirish, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirdilar. Forum yakunida faol ishtirokchilar taqdirlandi.

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo'ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling