Hoziroq biz bilan bog'laning: +998958268212

Obuna bo'ling:
Yangiliklar
Samarqand davlat pedagogika instituti birinchi prorektori respublika miqyosida eng faol prorektor deb topildi

Qabul yangiliklari
2026-06-16
1582

@OTM_Minbari Telegram kanalida “Respublika bo‘yicha 2025–2026-o‘quv yilining eng faol prorektori kim?” mavzusida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra, Samarqand davlat pedagogika instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Abdurazzoqov Boburjon Sobirjonovich faxrli 1-o‘rinni egalladi. Ushbu e’tirof institutimizda yoshlar siyosati, ma’naviy-ma’rifiy ishlar hamda talaba-yoshlar bilan olib borilayotgan samarali faoliyatning munosib bahosi hisoblanadi. Samarqand davlat pedagogika instituti jamoasi nomidan Boburjon Abdurazzoqovni ushbu natija bilan tabriklaymiz. Kelgusidagi faoliyatida mustahkam sog‘lik, ulkan muvaffaqiyatlar, yangi yutuqlar va mas’uliyatli vazifalarida ulkan zafarlar tilaymiz.

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo'ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling