Hoziroq biz bilan bog'laning: +998958268212

Obuna bo'ling:
Yangiliklar
III Xalqaro yozgi maktab – 2026

Yozgi maktab
2026-06-13
1572

Samarqand davlat pedagogika institutida “Samarqand: madaniyatlar, ma’rifat va ta’lim uyg‘unligi” mavzusidagi III Xalqaro yozgi maktabning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli tadbirda Rossiya, Qozog‘iston va Belarusdan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar hamda o‘quvchilar ishtirok etmoqda. Ochilish marosimi milliy kuy-qo‘shiqlar bilan bezatilib, mehmonlarga o‘zbek xalqining boy madaniy merosi va mehmondo‘stlik an’analari namoyish etildi. Xalqaro yozgi maktab ilmiy hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish va madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Ayni paytda loyiha doirasidagi ilmiy-ma’rifiy uchrashuvlar, mahorat darslari va madaniy tadbirlar davom etmoqda.

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo'ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling