Hoziroq biz bilan bog'laning: +998958268212

Obuna bo'ling:
Yangiliklar
Samarqand davlat pedagogika institutida 2025/2026-o‘quv yilining bahorgi semestri yakuniy nazorat imtihonlari shaffoflik va adolat tamoyillari asosida tashkil etilmoqda.

Qabul yangiliklari
2026-06-11
1508

Samarqand davlat pedagogika institutida 2025/2026-o‘quv yilining bahorgi semestri yakuniy nazorat imtihonlari shaffoflik va adolat tamoyillari asosida tashkil etilmoqda. Ayni kunlarda institutning sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari uchun yakuniy nazorat imtihonlari belgilangan tartib asosida o‘tkazilmoqda. Imtihon jarayonlarining ochiqligi va xolisligini ta’minlash maqsadida auditoriyalar ovozli kuzatuv kameralari bilan jihozlangan hamda katta sig‘imli xonalarda tashkil etilgan. Shuningdek, apellyatsiya komissiyasi faoliyati ham belgilangan tartiblar asosida yo‘lga qo‘yilib, barcha jarayonlarning adolatli va shaffof o‘tishi ta’minlanmoqda.

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo'ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling