Hoziroq biz bilan bog'laning: +998958268212

Obuna bo'ling:
Yangiliklar
Institutda “Yangi Oʻzbekiston talabalari olimpiadasi” gʻoliblari, ularning ota-onalari hamda ustoz-murabbiylari ishtirokida tantanali maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Sport
2026-06-09
1486

Tadbirda sportchilarimizning olimpiadadagi munosib ishtiroki va erishgan yuksak natijalari alohida eʼtirof etildi. Gʻolib talabalar, ularning muvaffaqiyatida muhim oʻrin tutgan ota-onalari va ustoz-murabbiylariga samimiy minnatdorlik bildirilib, rektor tashakkurnomalari topshirildi.

Shuningdek, musiqa taʼlimi yoʻnalishi talabalari ijrosidagi kuy-qoʻshiqlar va milliy raqslar tadbirga oʻzgacha shukuh bagʻishlab, bayramona kayfiyatni yanada yuksaltirdi.

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo'ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling