Hoziroq biz bilan bog'laning: +998958268212

Obuna bo'ling:
Yangiliklar
SamDPIda “Yoshlar – sog‘lom turmush tarafdori” shiori ostida mini futbol musobaqasi o‘tkazildi

Sport
2026-06-04
86

Samarqand davlat pedagogika institutida “Yoshlar kuni” munosabati bilan talabalar o‘rtasida “Yoshlar – sog‘lom turmush tarafdori” shiori ostida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Samarqand viloyat kengashi Kengash raisi kubogi uchun mini futbol musobaqasi tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston XDP Samarqand viloyat kengashi raisi Badriddin Nasriyev, O‘zbekiston XDP Samarqand shahar kengashi raisi Rahmatillo Hakimov, Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Shahzoda Negmatova, shuningdek, Yoshlar parlamentlari a’zolari hamda mas’ul mutasaddilar va talabalar ishtirok etdi.  Musobaqa qizg‘in va murosasiz bahslar ruhida davom etdi. G‘olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan kubok, diplom hamda medallar bilan taqdirlandi.

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo'ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling