Hoziroq biz bilan bog'laning: +998958268212

Obuna bo'ling:
Yangiliklar
Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.01/2025.27.12.Ped.10.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ekspert kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Qabul yangiliklari
2026-06-02
137

Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.01/2025.27.12.Ped.10.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ekspert kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishlari muhokama qilindi. Xususan, texnologiya ta’limi, ijtimoiy pedagogika, boshlang‘ich ta’lim hamda pedagogika nazariyasi yo‘nalishlarida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar ko‘rib chiqildi.

Muhokamalar jarayonida dissertatsiyalarning ilmiy yangiligi, amaliy ahamiyati va dolzarbligi yuzasidan batafsil fikr almashildi. Ekspertlar tomonidan ilmiy ishlarni yanada takomillashtirishga qaratilgan tavsiya va takliflar bildirildi hamda tegishli xulosalar shakllantirildi.

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo'ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling