Hoziroq biz bilan bog'laning: +998958268212

Obuna bo'ling:
Yangiliklar
SamDPI talabasi Mariya Nemirova V Xalqaro Derjavin olimpiadasida g‘olib bo‘ldi

Qabul yangiliklari
2026-06-10
1602

V Xalqaro G.R. Derjavin nomidagi rus tili olimpiadasining yakuniy natijalariga ko‘ra, Samarqand davlat pedagogika instituti ona tili va adabiyoti: rus tili ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Mariya Nemirova faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.  Nufuzli olimpiadada Rossiya, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Belarus, Qozog‘iston hamda Xitoy davlatlaridan 650 nafar talaba ishtirok etdi. Yakuniy bosqichga esa eng kuchli 75 nafar ishtirokchi yo‘llanma oldi.  Mariya Nemirovaning ushbu yutug‘i institutimiz uchun ulkan faxr va e’tirofdir. Iqtidorli talabamizni ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etamiz hamda kelgusidagi ilmiy va ijodiy faoliyatida yanada yuksak marralar, yangi zafarlar va ulkan yutuqlar tilaymiz!

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo'ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling