Hoziroq biz bilan bog'laning: +998958268212

Obuna bo'ling:
Yangiliklar
SamDPI talabasi Azizbek Toshpoʻlatov yana bir bor Oʻzbekiston chempioni bo‘ldi!

Sport
2026-05-20
2658

SamDPI talabasi Azizbek Toshpoʻlatov yana bir bor Oʻzbekiston chempioni bo‘ldi! Joriy yilning 17–20-aprel kunlari Sirdaryoda “Usmanov Combat Systems” sport turi bo‘yicha barcha yosh toifalari o‘rtasida Oʻzbekiston chempionati musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli musobaqada Samarqand davlat pedagogika instituti talabasi, Xalqaro toifadagi sport ustasi, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Azizbek Toshpoʻlatov kattalar (erkaklar) o‘rtasida -61 kg vazn toifasida MMA yo‘nalishida 1-o‘rinni egalladi. ✅ Ushbu natija bilan Azizbek Toshpo‘latov va uning ustoz-murabbiylarini samimiy muborakbod etamiz va kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo'ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling