Hoziroq biz bilan bog'laning: +998958268212

Obuna bo'ling:
Yangiliklar
“Yoshlar kuni” doirasida yoshlar bilan ochiq muloqot va kelajakka dadil qadamlar

Yoshlar kuni
2026-05-07
1426

🏦 Samarqand davlat pedagogika institutida “Yoshlar kuni” munosabati bilan talaba-yoshlar va bitiruvchilar uchun “O‘zmilliybank” AJ Samarqand viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Husniddin Abduolimov ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida bitiruvchilar bilan samarali ishlash tizimini yo‘lga qo‘yish, “Kelajakka qadam” loyihasi orqali yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirish hamda ularning bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, yoshlarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish, biznesni boshlash uchun yaratilayotgan moliyaviy imkoniyatlar va imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot berildi. ➡️ Tadbir yakunida “Amir Temur” oyligi doirasida Islom sivilizatsiyasi markaziga uyushtirilgan sayohat taassurotlari asosida o‘tkazilgan esse tanlovi g‘oliblari diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling