Hoziroq biz bilan bog'laning: +998958268212

Obuna bo'ling:
Yangiliklar
Samarqand davlat pedagogika instituti va Indoneziya Pendidikan universiteti o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi

Xalqaro hamkorlik
2026-05-06
1373

Samarqand davlat pedagogika instituti psixologiya kafedrasi mudiri Umida Butayeva Indoneziya Respublikasining Pendidikan universiteti professorlari Deni Darmawan hamda Asep Bayu Dani Nandiyanto bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Mazkur shartnomaga muvofiq, tomonlar ilmiy tadqiqot ishlarini o‘zaro tahlil qilish, professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, stajirovka va malaka oshirish dasturlarini tashkil etish, shuningdek, talabalar almashinuvini rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar. 🔣 Shuningdek, SCOPUS va Web of Science xalqaro ilmiy jurnallarida maqolalar tayyorlash hamda ularni chop etish borasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari ham muhokama qilindi.

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling