Hoziroq biz bilan bog'laning: +998958268212

Obuna bo'ling:
Yangiliklar
Samarqand davlat pedagogika instituti birinchi prorektori Boburjon Abdurazzoqov “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Talabalar turar joyida bir kun” loyihasi doirasida 1-son talabalar turar joyida bo‘ldi.

Talabalar turar joyi
2026-04-30
2142

Samarqand davlat pedagogika instituti birinchi prorektori Boburjon Abdurazzoqov “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Talabalar turar joyida bir kun” loyihasi doirasida 1-son talabalar turar joyida bo‘ldi. Jarayon davomida yotoqxonada talabalar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qilayotgan to‘garaklar faoliyati bilan tanishildi. Prorektor talabalar bilan ochiq muloqot olib borib, ularning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslarini tingladi. Shuningdek, talabalar bilan birgalikda sport o‘yinlarida faol ishtirok etdi. “Yoshlar oqshomi” nomli konsert dasturi esa yoshlarning ijodiy iqtidorini namoyon etuvchi muhim madaniy maydonga aylandi. 🎁 Tadbir yakunida o‘qishda va jamoat ishlarida faolligi, tashabbuskorligi bilan ajralib turgan bir guruh iqtidorli talabalarga tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling