Hoziroq biz bilan bog'laning: +998958268212

Obuna bo'ling:
Yangiliklar
Samarqand davlat pedagogika institutida “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi hamda Karyera kuni” tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi.

Yoshlar kuni
2026-04-23
1827

Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tasarrufidagi “Kelajak markazi”ning Samarqand viloyat markazi direktori Zebiniso Shodiyeva, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining Samarqand shahar bo‘limi bosh mutaxassisi G‘iyos Ummatov, institut rahbariyati vakillari hamda bitiruvchi bosqich talabalari ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida ta’lim sohasida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, yosh mutaxassislar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ishga joylashish tartibi hamda kasbiy rivojlanish yo‘nalishlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, “osonish.uz” platformasi imkoniyatlari haqida ham alohida taqdimot o‘tkazildi. Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan mutaxassislar bilan bevosita muloqot qilib, kerakli tavsiya va yo‘nalishlarga ega bo‘ldilar.

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling