Hoziroq biz bilan bog'laning: +998958268212

Obuna bo'ling:
Yangiliklar
SamDPIda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi

Yoshlar kuni
2026-04-23
1610

"Yoshlar kuni" munosabati bilan Samarqand davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ijtimoiy faolligini kuchaytirish maqsadida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi. ➡️ Uchrashuvda O‘zbekiston Milliy gvardiyasining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Lochinbek Yaxshilikov talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot olib bordi. Suhbat davomida yoshlarga: qonunlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, yurt tinchligi va xavfsizligini asrash, harbiy-vatanparvarlik tarbiyasining ahamiyati, yoshlarning jamiyatdagi o‘rni va mas’uliyati haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. ➡️ Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassisdan batafsil javoblar olishdi.

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling