Hoziroq biz bilan bog'laning: +998958268212

Obuna bo'ling:
Yangiliklar
Termizda rektorlar marafoni: salomatlik sari o‘n ming qadam

Sport
2026-04-22
1735

Termiz shahrida o‘tkazilayotgan o‘quv-amaliy seminar va sport haftaligi doirasida 22-aprel kuni erta tongda “Sog‘lom hayot uchun o‘n ming qadam” shiori ostida ommaviy yurish marafoni tashkil etildi. Mazkur tadbir Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligida o‘tkazilib, unda respublikadagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar hamda talabalar faol ishtirok etdi. ➡️ Shuningdek, marafonda Samarqand davlat pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova ham qatnashdi. Tadbirning asosiy maqsadi — rahbarlarning shaxsiy namunasi orqali yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, sportni ommalashtirish va o‘zaro tajriba almashishdan iborat. 

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling