Hoziroq biz bilan bog'laning: +998958268212

Obuna bo'ling:
Yangiliklar
SamDPI jamoasi “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 1600 tup ko‘chat ekdi

yashil makon
2026-04-17
1804

Samarqand davlat pedagogika instituti jamoasi tomonidan Oqdaryo tumanidagi “Samarqand davlat o‘rmon ishlab chiqarish korxonasi” hududida 1600 tup "katalpa" turiga mansub ko‘p yillik manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. ➡️ Mazkur tashabbus 🌳 “Yashil makon” 🌳 umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilib, atrof-muhitni asrash, ekologik muvozanatni mustahkamlash hamda yashil hududlar ko‘lamini kengaytirishga xizmat qiladi. Ko‘chat ekish jarayoni nafaqat ekologik muammolarni kamaytirishga, balki inson va tabiat o‘rtasidagi uyg‘unlikni mustahkamlashga ham zamin yaratadi. Ayniqsa, talabalar ishtirokida o‘tkazilgan bunday amaliy tadbirlar yoshlar orasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, ularni tabiatga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash va jamoaviy birdamlikni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling