Hoziroq biz bilan bog'laning: +998958268212

Obuna bo'ling:
Yangiliklar
Ayni kunlarda Samarqand davlat pedagogika instituti delegatsiyasi Hindistonning Bombey Texnologiyalar institutida xizmat safarida bo‘lib turibdi

Xalqaro hamkorlik
2026-04-15
1523

Xizmat safari doirasida bugun institut rektori Shahzoda Negmatova Bombey Texnologiyalar institutining rektori vazifasini bajaruvchisi, moliya, boshqaruv va tarkibiy tuzilma masalalari bo‘yicha prorektori, professor Ravindra Gudi bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Muzokaralar yakunida muhim kelishuvlarga erishildi. Xususan, erishilgan kelishuvlarga muvofiq, kelgusi o‘quv yilidan boshlab professor-o‘qituvchilar hamda tayanch doktorantlar almashinuvi tizimli ravishda yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, magistratura va bakalavriat bosqichi talabalari uchun psixologiya hamda falsafa yo‘nalishlarida qo‘shma ta’lim dasturlarini bosqichma-bosqich joriy etish rejalashtirildi.

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling