Hoziroq biz bilan bog'laning: +998958268212

Obuna bo'ling:
Yangiliklar
Samarqand davlat pedagogika institutida korrupsiyaga qarshi fuqarolik tashabbuslari bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi

Ekofaol talabalar
2026-04-14
1663

Bugun Samarqand davlat pedagogika institutida O‘zbekiston ayollar va qizlar uyushmasi tomonidan 2025-yil iyul oyida O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Yevropa Ittifoqi hamda BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida e’lon qilingan “Korrupsiyaga qarshi fuqarolik tashabbuslari: ommaviy axborot vositalari, texnologiyalar, qonun ijodkorligida ishtirok etish va korrupsiyaning gender jihatlari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. ➡️ Tadbirda Nasiba Mirodilova (“O‘zbekiston ayollar va qizlar” uyushmasi rahbari), Elbek Hidoyatov (BMT Taraqqiyot dasturining grantlar koordinatori), Shoxrux Yunusov (BMT Taraqqiyot dasturi loyihasi xodimi), institut rahbariyati vakillari hamda talabalar ishtirok etdilar. ✅ Seminar-trening davomida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida talabalarning startap loyihalari taqdim etildi, shuningdek, ular yuzasidan atroflicha muhokamalar olib borildi. Tadbir ishtirokchilari tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar va g‘oyalar bo‘yicha fikr almashildi.

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling