Hoziroq biz bilan bog'laning: +998958268212

Obuna bo'ling:
Yangiliklar
Ayni paytda Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova boshchiligidagi delegatsiya Hindiston Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Xalqaro hamkorlik
2026-04-14
1993

Safarning dastlabki kunida delegatsiya a’zolari Bombey Texnologiyalar institutida bo‘lib, mazkur oliy ta’lim muassasasining tashkiliy tuzilmasi, boshqaruv tizimi hamda ta’lim jarayonlarini tashkil etish tajribasi bilan yaqindan tanishdi. Ma’lumot uchun, ushbu institut xalqaro QS reytingida 129-o‘rinni egallagan nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi.

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling