Hoziroq biz bilan bog'laning: +998958268212

Obuna bo'ling:
Yangiliklar
Samarqand va Shahrisabz pedagogika institutlari o‘rtasida hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

Kelajakka qadam markazi
2026-04-14
1449

Samarqand davlat pedagogika institutida Shahrisabz davlat pedagogika instituti rahbariyati vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvning asosiy maqsadi ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda istiqboldagi qo‘shma loyihalarni muhokama qilishdan iborat bo‘ldi. Mehmonlar institutda talabalar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar, o‘quv auditoriyalari hamda registrator ofisi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. 🖋 Yakunda ikki tomonlama memorandum imzolandi. Mazkur hujjatga muvofiq, tomonlar professor-o‘qituvchilar almashinuvi, ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim metodikasi va texnologiyalari bo‘yicha tajriba almashish, ilmiy nashrlar doirasida hamkorlik qilish, turli ilmiy-amaliy tadbirlarni birgalikda tashkil etish, kadrlar malakasini oshirish, ilmiy rahbarlikni yo‘lga qo‘yish hamda talabalar akademik mobilligini rivojlantirish yo‘nalishlarida hamkorlikni yanada kuchaytirishga kelishib oldilar.

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling