Hoziroq biz bilan bog'laning: +998955000384

Obuna bo'ling:
Yangiliklar
Samarqand davlat pedagogika institutida sportning kurash turi bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasiga START berildi.

Sport
2026-04-10
1927

Samarqand davlat pedagogika institutida sportning kurash turi bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasiga START berildi. Mazkur musobaqa institut talabalari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, milliy sportimizga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, shuningdek, iqtidorli sportchilarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi. Musobaqaning ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar milliy kurashning boy an’analari, uning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyatini alohida ta’kidlab, barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladilar.

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo'ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling