Hoziroq biz bilan bog'laning: +998958268212

Obuna bo'ling:
Yangiliklar
O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari Malayziyaning Melaka (Malacca) shtatida joylashgan mashhur ilmiy va sayyohlik maskanlaridan biri — Kompleks Falak Al-Khawarizmi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Xalqaro hamkorlik
2026-04-10
1319

Mazkur majmua astronomiya (falakshunoslik) yo‘nalishiga ixtisoslashgan bo‘lib, u buyuk alloma Al-Xorazmiy nomi bilan atalgan. Melaka shahriga yaqin hududda joylashgan ushbu ilmiy markaz nafaqat tadqiqotlar, balki ilmiy-ma’rifiy ekskursiyalar va amaliy kuzatuvlar uchun ham keng imkoniyatlar yaratadi. Kompleks tarkibida zamonaviy observatoriya mavjud bo‘lib, unda yulduzlar va sayyoralarni bevosita kuzatish imkoniyati yaratilgan. Shuningdek, bu yerda o‘quv zallari, ilmiy ko‘rgazmalar hamda astronomiyaga oid turli ekspozitsiyalar tashkil etilgan. Tashrif buyuruvchilar teleskoplar yordamida Oy va boshqa sayyoralarni kuzatish orqali olam sirlarini yanada chuqurroq anglash imkoniga ega bo‘ladilar.

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling