Hoziroq biz bilan bog'laning: +998958268212

Obuna bo'ling:
Yangiliklar
Shahzoda Negmatova bitiruvchi bosqich magistrantlari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Yoshlar kuni
2026-04-10
1931

Uchrashuv davomida ilmiy tadqiqotlar olib borish, chet tillarini puxta egallash hamda tegishli xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritishning ahamiyati, kelgusidagi ilmiy rejalar va institut tomonidan yaratilgan imkoniyatlar haqida atroflicha so‘z yuritildi. Magistrantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar va takliflar bilan faol ishtirok etdilar. Rektor ularga doimiy izlanish, chuqur tadqiqot olib borish va shaxsiy rivojlanishga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, magistrantlar tomonidan bildirilgan takliflar, savollar va muammolarning ayrimlari joyida hal etildi, vaqt talab etadigan masalalar esa tegishli mas’ullarga o‘rganish uchun topshiriq sifatida berildi. Bu kabi uchrashuvlar yoshlarning ilmiy rivojlanishi va akademik salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling