Hoziroq biz bilan bog'laning: +998958268212

Obuna bo'ling:
Yangiliklar
Samarqandda CAVA Men’s and Women’s Universiade Games – 2026 musobaqasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Sport
2026-04-09
2068

Samarqand shahrida Markaziy Osiyo voleybol assotsiatsiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan CAVA Men’s and Women’s Universiade Games – 2026 xalqaro musobaqasining tantanali ochilish marosimi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. Musobaqada mintaqaning bir qator davlatlaridan kelgan talaba-yoshlar jamoalari ishtirok etmoqda. Erkaklar va ayollar jamoalari o‘rtasida qizg‘in bellashuvlar bo‘lib o‘tadi. Tantanali ochilish marosimida Sport vaziri o‘rinbosari Shaxrillo Maxmudov, Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Toxir Aripov, viloyat hokimligi yoshlar siyosati va ijtimoiy rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari Xusen To‘xtayev, O‘zbekiston voleybol federatsiyasi raisi o‘rinbosari Jamshid Fayziyev, Samarqand davlat pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova hamda boshqa yuqori martabali mehmonlar ishtirok etdi. 🏐 Musobaqaning erkaklar o‘rtasidagi 3-o‘yini doirasida O‘zbekistonning SamDPI jamoasi Tojikiston milliy terma jamoasi bilan bahs olib bordi va 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

        

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling