Свяжитесь с нами прямо сейчас: +998(95) 500 03 84

Сайт работает в тестовом режиме
Подпишитесь
logo
Yangiliklar
Bugun, 11-mart kuni Samarqand davlat pedagogika institutida institut rektori, professor Shahzoda Negmatova rahbarligida navbatdagi ishchi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Главная страница
2026-03-11
5548

➡️ Yig‘ilish avvalida o‘tgan ishchi apparat majlisida belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan prorektorlar hamda tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining hisobotlari tinglandi va ular yuzasidan batafsil muhokamalar olib borildi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida institutda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, "Navro‘z" umumxalq bayramiga munosib tayyorgarlik ko‘rish, “Amir Temur oyligi” tadbirlarini namunali tashkil etish, bitiruvchi talabalarning bandligini ta’minlash, “Kelajakka qadam” loyihasi hamda “Karyera markazi” imkoniyatlaridan samarali foydalanish kabi muhim yo‘nalishlar yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
➡️ Mazkur masalalar bo‘yicha mas’ul rahbar xodimlarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilish yakunida yangi hafta uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan bir qator muhim vazifalar ham belgilab olindi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Будьте в курсе наших новостей-

Следите за нашим Telegram-каналом.

| Подпишитесь