Свяжитесь с нами прямо сейчас: +998(95) 500 03 84

Сайт работает в тестовом режиме
Подпишитесь
logo
Yangiliklar
“Yoshlar kuni” munosabati bilan rektor va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Главная страница
2026-02-26
6712

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 24-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda haftaning har payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilanganligi munosabati bilan Samarqand davlat pedagogika institutida ochiq muloqot tashkil etildi. Unda institut rektori, professor Shahzoda Negmatova talaba-yoshlar bilan bevosita uchrashib, ularning taklif va tashabbuslarini tingladi.
Uchrashuvda institutning faol, tashabbuskor va iqtidorli yoshlari ishtirok etib, o‘z g‘oya va takliflarini erkin bayon qildilar. Muloqot davomida yoshlar bandligini ta’minlash, startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, ta’lim sifatini yanada oshirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoit va imkoniyatlar masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, bitiruvchi talabalarni ishga joylashtirish, innovatsion g‘oyalarni amaliyotga joriy etish, grant va loyihalarda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan qator taklif va murojaatlar bildirildi.
Uchrashuv yakunida talaba-yoshlar tomonidan ko‘tarilgan murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etildi, qolgan masalalar yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Будьте в курсе наших новостей-

Следите за нашим Telegram-каналом.

| Подпишитесь