Свяжитесь с нами прямо сейчас: +998958268212

Подпишитесь
logo
Yangiliklar
“Talaba maktabda bir kun” loyihasi doirasida uchrashuv o‘tkazildi

Духовно-просветительское мероприятие
2026-02-20
5785

Samarqand shahridagi 32-umumta’lim maktabida bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan kasb tanlash va oliy ta’lim imkoniyatlariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand davlat pedagogika instituti Aniq va amaliy fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari tomonidan “Talaba maktabda bir kun” loyihasi amalga oshirildi.
Tadbir davomida bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan kelajak kasbini tanlash masalalari yuzasidan suhbat o‘tkazildi, “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi hamda institutning fakultetlari va ta’lim yo‘nalishlari haqida ma’lumotlar berildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Будьте в курсе наших новостей-

Следите за нашим Telegram-каналом.

| Подпишитесь