Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo'limi
Temirov Ruslan Nusratullayevich
Vazifalari
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo'limi haqida
- Bo‘lim faoliyatini va xodimlar mehnatini tashkil etish va nazorat qilish;
- Bo‘limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;
- O‘zbekiston Respublikasining ta’lim va sog‘liqni saqlashga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlarini, shuningdek, direktor buyruqlari va topshiriqlarini fakultetlar, kafedralar, bo‘limlarda mas’ul mansabdor shaxslar tomonidan bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borish;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati tomonidan qabul qilingan Farmon va Qarorlarning ijrosini nazoratini tashkil qilish;
- Institut fakultetlari, kafedralari va bo‘limlarining hafta davomidagi qilingan ishlari bo‘yicha faoliyatini nazorat qilish va direktor huzuridagi apparat yig‘ilishiga hisobot tayyorlash va ma’lumot berish;
- Institut professor-o‘qituvchilari va xodimlari tomonidan o‘z vazifalarini suiste’mol qilish hamda ta’magirlik illatlarini oldini olish maqsadida talabalar o‘rtasida anonim so‘rovlar o‘tkazish va so‘rov natijalari haqida Kengash yig‘ilishlarida xisobot berish;
- Professor-o‘qituvchilarga ustama haqlar to‘lash uchun har o‘quv yilida ularning o‘quv-metodik, tarbiyaviy, ilmiy, faoliyatlari oliy ta’lim muassasasini rivojlantirishga qo‘shgan ulushi, shaxsiy fazilatlari o‘rganib chiqish hamda institut direktoriga xulosa taqdim etish;
- Talabalarga stipendiyalar tayinlanishining qonuniyligini va xolisonaligini tekshirish va monitoring olib borish;
- Talabalar davomatini nazorat qilish va monitoringini olib borish;
- Professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘quv jurnallarini belgilangan tartibda yuritilishini nazorat qilish;
Bo‘lim Institutning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
Bo‘lim o‘z faoliyati yuzasidan direktorga hisob beradi.
Bo‘lim o‘z faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari va Farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, mazkur Nizom, vazirlik buyruqlari va Hay’ati qarorlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
Quyidagilar asosiy vazifalari hisoblanadi:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, majlis bayonlari (tashriflar davomida) bayonlarida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida institutga yuklatilgan vazifalar ijrosining belgilangan muddatlarda sifatli ta’minlanishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshirish;
- institut buyruqlarining tarkibiy bo‘linmalar, fakultetlar tomonidan belgilangan muddatlarda sifatli bajarilishini nazorat qilish;
- O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-son Farmoni,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 31 maydagi ""Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishni ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-5132-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-son “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi «Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy Nizomni tasdiqlash haqida”gi 341-sonli qarori talablaridan kelib chiqqan holda, Institutning tarkibiy bo‘linmalari tomonidan murojaatlar o‘z vaqtida va zarur tarzda ko‘rib chiqilishini doimiy nazorat qiladi va monitoringini olib borish;
- Bo‘lim o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
- ijroga olingan barcha turdagi, shu jumladan, murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari va tartibi mas’ul ijrochilar tomonidan buzilganda yoki ijrosi to‘laqonli bajarilmaganda bu to‘g‘risida direktorni darhol xabardor qiladi;
- institut tarkibiy bo‘linmalari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqilishi bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlaydi;
- direktorni qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha zarur axborot hamda ma’lumotlar bilan ta’minlaydi;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida institutga yuklatilgan vazifalar ijrosi holatini muntazam ravishda tahlil etib boradi hamda zudlik bilan hal etishni talab etadigan kamchilik va muammolarni aniqlab, Kengash yig‘ilishi muhokamasiga kiritadi;
- oliy va professional ta’limi tizimida O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi qonuni va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, bo‘limga taalluqli bo‘lgan Vazirlik buyruqlari, Hay’ati qarorlari, institut buyruqlarida bo‘lim faoliyati bilan bog‘liq vazifalar bajarilishini ta’minlaydi va nazorat qiladi;
- jismoniy va yuridik shaxslardan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Virtual qabulxonalari hamda tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlar orqali kelgan murojaatlarni (ariza, shikoyat, taklif) belgilangan tartibda va muddatda ro‘yxatga olish va mazmunan o‘rgangan holda ijrochiga yetkazishni ta’minlaydi;
- nazoratga olingan murojaatlarga mas’ul xodimlar tomonidan belgilangan muddatlarda javob xati (murojaat muallifiga, tegishli tashkilot va idoralarga) yuborilishini nazorat qiladi;
- institut rahbarlari va mas’ul xodimlari tomonidan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvalini ishlab chiqadi hamda ushbu jadval (direktor tomonidan tasdiqlangan) asosida institutda og‘zaki qabullarni tashkillashtiradi;
- institut rahbariyati tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari bilan sayyor qabullarni o‘tkazish jadvalini ishlab chiqadi hamda ushbu jadval (direktor tomonidan tasdiqlangan) asosida sayyor qabullarni tashkil etilishini muvofiqlashtiradi;
- institutga kelib tushayotgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish holati bo‘yicha oylik, choraklik, yillik tahlillarni yuritadi hamda institut Kengash yig‘ilishlarida axborot berib boradi;
- institutning tarkibiy bo‘linmalari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi yuzasidan tahliliy axborot tayyorlaydi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga har chorak yakunlari bo‘yicha hisobotlar taqdim etib boradi;
- institutda ro‘yhatga olingan xatlar hisobini yuritadi va ushbu masala yuzasidan zarur axborotni tayyorlaydi hamda Kengashga taqdim etadi;
- bo‘lim bevosita faoliyatiga oid jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari hamda ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha tizimli tadbirlarni amalga oshirib boradi.
- institut buyrug‘i bilan bo‘limga yuklatilgan topshiriq va vazifalar ijrosini ta’minlaydi;
- ijro intizomi va jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan muntazam ravishda direktorga tahliliy ma’lumot kiritadi;
- ijro intizomi va jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati bo‘yicha belgilangan muddatlarda o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga hisobot berib boradi;
- Qonun hujjatlariga muvofiq vakolati doirasida boshqa funksional vazifalarni amalga oshiradi.