Hoziroq biz bilan bog'laning: +998958268212

Obuna bo'ling:
Yangiliklar
Samarqand davlat pedagogika instituti delegatsiyasi ayni kunlarda Turkiyaning Giresun shahrida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Xalqaro hamkorlik
2026-05-16
1238

Tashrif doirasida institut vakillari Giresun shahridagi boshlang‘ich va o‘rta ta’lim muassasalariga tashrif buyurib, u yerda amalga oshirilayotgan ta’lim jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Jumladan, o‘quv dasturlari, fan yuklamalari, darsliklar mazmuni hamda o‘quv faoliyatining tashkil etilish jarayoni atroflicha o‘rganildi. Delegatsiya a’zolari boshlang‘ich sinflarda olib borilayotgan dars mashg‘ulotlarini kuzatib, zamonaviy pedagogik yondashuvlar va interfaol metodlar bilan tanishdilar. Shuningdek, tashrif davomida alohida ta’lim ehtiyojiga ega bo‘lgan o‘quvchilar tahsil oladigan maxsus maktab faoliyati ham o‘rganildi. Mazkur ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar, inklyuziv ta’lim imkoniyatlari hamda o‘quvchilar uchun tashkil etilgan qulay muhit delegatsiya a’zolarida katta taassurot qoldirdi.

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling