Hoziroq biz bilan bog'laning: +998958268212

Obuna bo'ling:
Yangiliklar
SamDPI talabasi Respublika fan olimpiadasida sovrindor bo‘ldi!

Tadbir
2026-05-16
1217

026-yil 15–16-may kunlari Samarqand davlat universitetida oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchi bosqich talabalari o‘rtasida Kimyo fanidan Respublika fan olimpiadasi o‘tkazildi. Unda Samarqand davlat pedagogika instituti talabalari munosib ishtirok etib, yuqori natijalarga erishdilar. 🥉 Mazkur olimpiadada tabiiy fanlar fakultetining 3 nafar talabasi ishtirok etdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, kimyo ta'lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Bernora Raxmonberdiyeva faxrli III o‘rinni egalladi. Talabalarni musobaqaga tayyorlash va ilmiy-uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashda kimyo kafedrasi o‘qituvchilari J. Bobojonov hamda B. Xudoyberdiyev rahbarlik qildilar. ✅ Mazkur yutuq institut talabalari bilim salohiyati, ilmiy salmog‘i va raqobatbardoshligini yana bir bor namoyon etdi. G‘olib talaba hamda uning ustozlarini ushbu muvaffaqiyat bilan muborakbod etamiz!

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling