Oʻzbekiston Respublikasi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining
2025-yil “ 14 ”-oktabrdagi 384-son buyrugʻiga
1-ILOVA
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining
2025-yil “ 14 ”-oktabrdagi 384-son buyrugʻiga
1-ILOVA
Maktabgacha va maktab ta’limi tizimining ilmiy muammolari
BANKI
I. Maktabgacha ta’lim sohasining ilmiy muammolari
| T/r | Muammoning nomi | Muammolar tasnifi |
|---|---|---|
| 1. | Maktabgacha ta’limning yagona konsepsiyasi va rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish masalalari | Nazariy-metodologik muammolar |
| 2. | Bolalar rivojlanishini baholashning ilmiy asoslangan, milliy va xalqaro standartlarga mos tizimini yaratish | |
| 3. | Rivojlanish psixologiyasi va pedagogikasi asosida metodik yondashuvlarni takomillashtirish | |
| 4. | Zamonaviy o‘quv-uslubiy majmualar, dasturlar va qo‘llanmalarni ishlab chiqishning yetarli darajada tizimlashtirilmaganligi | Tarbiyaviy va didaktik muammolar |
| 5. | O‘yin faoliyati, STEAM-ta’lim, axborot texnologiyalari orqali bolalarni samarali o‘qitish va tarbiyalash usullarini ishlab chiqish zarurati | |
| 6. | Ona tili va xorijiy tillarni o‘rgatish metodikalarini ilmiy asoslash | |
| 7. | Bolalarning individual qobiliyatlari va psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olishda amaliy mexanizmlarning yetarli emasligi | Psixologik-pedagogik muammolar |
| 8. | Iqtidorli bolalar bilan ishlashning maxsus dasturlarini yaratish | |
| 9. | Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim muammolari | |
| 10. | Oilaning tarbiyadagi o‘rni va ota-onalar pedagogik madaniyatini oshirish zarurati | Ijtimoiy-madaniy muammolar |
| 11. | Milliy qadriyatlar va an’analarni zamonaviy pedagogika yutuqlari bilan uyg‘unlashtirish | |
| 12. | Raqamli davrda bolalar ongiga turli axborot oqimlarining ta’siri va undan himoyalash mexanizmlarini ishlab chiqish | |
| 13. | Maktabgacha ta’lim tizimida ilmiy tadqiqotlarni yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmaganligi | Ilmiy-tadqiqot va amaliyot muammolari |
| 14. | Innovatsion tajribalarni umumlashtirish va ommalashtirishda tizimlilikning yetishmasligi | |
| 15. | Kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash jarayonida ilmiy yondashuvning kuchsizligi |
II. Boshlang‘ich ta’lim sohasining ilmiy muammolari
| T/r | Muammoning nomi | Muammolar tasnifi |
|---|---|---|
| 16. | Boshlang‘ich ta’limning konseptual asoslari va milliy ta’lim standartlarini zamon talablariga moslashtirish | Nazariy-metodologik muammolar |
| 17. | O‘quv dasturlarining ortiqcha nazariylikka yo‘naltirilganligi, bolalarning yosh va psixologik xususiyatlariga to‘liq mos kelmasligi | |
| 18. | Ta’lim mazmunini hayotiy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirish zarurati | |
| 19. | Dars jarayonlarida innovatsion pedagogik texnologiyalar va interfaol metodlardan foydalanishning yetarli emasligi | Didaktik va metodik muammolar |
| 20. | O‘quvchilarda mustaqil fikrlash, tanqidiy yondashuv va ijodiy faoliyatni rivojlantirish mexanizmlarining sustligi | |
| 21. | Ona tili, matematika va tabiatshunoslik fanlarida o‘quvchilarning bazaviy bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishda muammolar | |
| 22. | O‘quvchilarning individual xususiyatlari, qiziqishlari va qobiliyatlarini inobatga olishda qiyinchiliklar | Psixologik-pedagogik muammolar |
| 23. | O‘quv yuklamasining ortiqligi natijasida bolalarda ruhiy va jismoniy charchoqning yuzaga kelishi | |
| 24. | Boshlang‘ich ta’lim bosqichida o‘qishga motivatsiya pasayishi va darslarga qiziqishning kamayishi | |
| 25. | O‘qituvchilarning metodik tayyorgarligi va malakasida tafovutlar mavjudligi | O‘qituvchilar faoliyati bilan bog‘liq ilmiy muammolar |
| 26. | Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarining yetarli emasligi | |
| 27. | O‘qituvchilar uchun ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish sharoitlarining cheklanganligi | |
| 28. | Boshlang‘ich ta’lim maktablarida moddiy-texnik baza va didaktik vositalarning yetarli emasligi | Ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy muammolar |
| 29. | Sinfdagi o‘quvchilar sonining ko‘pligi sababli individual yondashuv imkoniyatlarining cheklanishi | |
| 30. | Ota-onalarning farzandlari ta’limiga yetarlicha e’tibor qaratmasligi, pedagogik madaniyat darajasining pastligi |
III. Umumiy o‘rta ta’lim sohasining ilmiy muammolari
| T/r | Muammoning nomi | Muammolar tasnifi |
|---|---|---|
| 31. | Ta’lim mazmuni va davlat ta’lim standartlari zamon talablari bilan to‘liq uyg‘unlashmaganligi | Nazariy-metodologik muammolar |
| 32. | Fanlararo integratsiya va kompetensiyaga asoslangan yondashuvlarning yetarli emasligi | |
| 33. | Ta’limda innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llashning sustligi | |
| 34. | O‘quv dasturlarida ortiqcha nazariy yuklama bo‘lib, amaliy hayotiy ko‘nikmalarga kam e’tibor qaratilishi | Didaktik va metodik muammolar |
| 35. | Darslarda o‘quvchilarni mustaqil va tanqidiy fikrlashga yo‘naltirishning sustligi | |
| 36. | O‘quvchilarning individual qobiliyatlari va ehtojlariga mos differensial yondashuvning yetarli darajada bo‘lmasligi | |
| 37. | O‘quvchilar o‘rtasida o‘qishga qiziqishning pasayishi, motivatsiyaning sustligi | Psixologik-pedagogik muammolar |
| 38. | Yoshlar ongiga internet va ommaviy axborot vositalaridan kelayotgan turli xavfli oqimlarning salbiy ta’siri | |
| 39. | Psixologik xizmatning maktablarda yetarlicha samarali tashkil qilinmaganligi | |
| 40. | O‘qituvchilarning kasbiy malakasida sezilarli tafovutlar mavjud | O‘qituvchilar faoliyati bilan bog‘liq muammolar |
| 41. | Innovatsion metodikalarni qo‘llash ko‘nikmalarining yetarli darajada rivojlanmaganligi | |
| 42. | O‘qituvchilarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish sharoitlarining cheklanganligi | |
| 43. | Qishloq va shahar maktablari o‘rtasida ta’lim sifati va moddiy-texnik baza bo‘yicha katta tafovut mavjudligi | Ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy muammolar |
| 44. | Sinflardagi o‘quvchilar sonining ko‘pligi individual yondashuvga to‘sqinlik qilmoqda | |
| 45. | Ota-onalarning pedagogik madaniyatining pastligi va farzandlar tarbiyasiga mas’uliyatning yetarli darajada bo‘lmasligi | |
| 46. | Ta’lim jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish masalalarining dolzarbligi | Tarbiya va ma’naviyat muammolari |
| 47. | O‘quvchilarning ma’naviy immunitetini shakllantirishda tizimlilikning yetarli emasligi | |
| 48. | Huquqiy tarbiya va fuqarolik mas’uliyatini oshirish bo‘yicha samarali dasturlar yetishmasligi |
IV. Pedagog kadrlarni tayyorlash va kasbiy rivojlantirish sohasining ilmiy muammolari
| T/r | Muammoning nomi | Muammolar tasnifi |
|---|---|---|
| 49. | Pedagog kadrlarni tayyorlashning yagona konsepsiyasi va kompetensiyaga asoslangan modelining yetarlicha ishlab chiqilmaganligi | Nazariy-metodologik muammolar |
| 50. | Kasbiy rivojlanish jarayonida pedagogikaning zamonaviy paradigmalari (raqamli pedagogika, inklyuziv ta’lim, STEAM)ni nazariy asoslashdagi bo‘shliqlar | |
| 51. | Pedagoglarning kasbiy faoliyatini baholashning ilmiy asoslangan mezonlari va indikatorlarini ishlab chiqishdagi kamchiliklar | |
| 52. | Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida nazariya va amaliyotning uzviy bog‘liqligi yetarli darajada ta’minlanmagan | Didaktik va metodik muammolar |
| 53. | Talabalarni amaliyotga tayyorlashda maktab, bog‘cha va boshqa ta’lim muassasalari bilan hamkorlik mexanizmlarining sustligi | |
| 54. | O‘qituvchilarni tayyorlashda zamonaviy metodlar, interfaol texnologiyalar, raqamli platformalardan foydalanishning yetarli emasligi | |
| 55. | Pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimi yetarlicha samarali yo‘lga qo‘yilmagan | Kasbiy rivojlanish va malaka oshirishdagi muammolar |
| 56. | Malaka oshirish kurslari ko‘pincha nazariy bilim berishga qaratilgan bo‘lib, amaliy faoliyatni yetarlicha qo‘llab-quvvatlamaydi | |
| 57. | Pedagoglar o‘zini-o‘zi rivojlantirish, ilmiy izlanish olib borishga rag‘batlantirish mexanizmlarining sustligi | |
| 58. | Pedagoglarda kasbiy kuyish (professional burn-out) muammosining o‘sib borishi | Psixologik-pedagogik muammolar |
| 59. | Yosh mutaxassislarning kasbga moslashuvi va ularni tizimda ushlab qolishdagi qiyinchiliklar | |
| 60. | Innovatsion faoliyatga tayyorlik, ijodkorlik va moslashuvchanlikni shakllantirishdagi ilmiy asoslarning yetishmasligi | |
| 61. | Pedagog kasbining ijtimoiy nufuzi yetarli darajada yuqori emasligi | Ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy muammolar |
| 62. | Kadrlar tayyorlash va ularning kasbiy rivojlanishi bo‘yicha moliyaviy hamda moddiy-texnik ta’minotning cheklanganligi | |
| 63. | Hududlararo tengsizlik: qishloq va shahar pedagoglari malakasi, imkoniyatlari va sharoitlari o‘rtasidagi tafovut |
V. Umumiy pedagogika sohasining ilmiy muammolari
| T/r | Muammoning nomi | Muammolar tasnifi |
|---|---|---|
| 64. | Pedagogikaning umumiy konsepsiyasi va kategoriyalarini (ta’lim, tarbiya, rivojlanish, shaxs shakllanishi) zamonaviy ijtimoiy taraqqiyot talablari asosida qayta ko‘rib chiqish zarurati | Nazariy-metodologik muammolar |
| 65. | Pedagogik jarayonni ilmiy tadqiq qilish metodologiyasining mukammal ishlab chiqilmaganligi | |
| 66. | Pedagogikani boshqa fanlar (psixologiya, sotsiologiya, falsafa, texnologiya) bilan integratsiya qilish muammolari | |
| 67. | Ta’lim mazmunini kompetensiyaviy yondashuv asosida yangilashdagi ilmiy izlanishlarning yetarli emasligi | Ta’lim mazmuni va metodlari bilan bog‘liq muammolar |
| 68. | Pedagogik metodlar va texnologiyalarni o‘quvchilar yosh xususiyatlariga moslashtirish muammolari | |
| 69. | O‘quvchilarda tanqidiy va kreativ tafakkurni shakllantirishning samarali metodlarini ishlab chiqishdagi bo‘shliqlar | |
| 70. | Milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘unlashtirishning nazariy asoslari yetarlicha ishlab chiqilmagan | Tarbiya jarayonidagi muammolar |
| 71. | O‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasida oilaning, maktabning va jamiyatning hamkorligi ilmiy jihatdan chuqur tadqiq etilmagan | |
| 72. | Globallashuv va raqamli davrda yoshlar ongiga turli omillarning ta’sirini ilmiy jihatdan baholash muammolari | |
| 73. | O‘qituvchining kasbiy kompetensiyasini baholashning ilmiy asoslangan mezonlari yetarli emas | O‘qituvchi shaxsi va faoliyati bilan bog‘liq muammolar |
| 74. | Pedagog shaxsining innovatsion faoliyatga tayyorgarligi va ijodkorligini rivojlantirish nazariyasi mukammal ishlab chiqilmagan | |
| 75. | Kasbiy kuyish (professional burn-out), stress va motivatsiya muammolarini pedagogika nuqtayi nazaridan ilmiy tadqiq etish zarurati | |
| 76. | Ta’limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va sun’iy intellektdan foydalanishning pedagogik oqibatlarini o‘rganish | Ta’lim jarayonining ijtimoiy-madaniy muammolari |
| 77. | Inklyuziv ta’limni umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyotida ilmiy asoslashdagi bo‘shliqlar | |
| 78. | O‘quvchilarning ijtimoiylashuvi, shaxs sifatida kamol topishida maktabdan tashqari muhit ta’sirini ilmiy jihatdan chuqur tadqiq qilish zarurati |
VI. Maxsus pedagogika sohasining ilmiy muammolari
| T/r | Muammoning nomi | Muammolar tasnifi |
|---|---|---|
| 79. | Maxsus pedagogikaning umumiy pedagogika bilan integratsiyasi va farqlovchi jihatlarini ilmiy asoslashdagi bo‘shliqlar | Nazariy-metodologik muammolar |
| 80. | Turli toifadagi nogironligi bo‘lgan bolalar (eshitish, ko‘rish, nutq, harakat-tayanch, intellektual rivojlanishida nuqsonlari) uchun yagona nazariy konsepsiyaning yetishmasligi | |
| 81. | Maxsus pedagogikaning psixologiya, nevrologiya, logopediya, defektologiya bilan uzviy bog‘liqligini chuqur tadqiq etish zarurati | |
| 82. | Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun individual ta’lim dasturlarini ishlab chiqishning murakkabligi | Didaktik va metodik muammolar |
| 83. | Maxsus ta’lim jarayonida o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va darsliklarning yetarli emasligi | |
| 84. | Maxsus pedagogikada zamonaviy axborot texnologiyalari, raqamli platformalar va adaptiv vositalardan foydalanish bo‘yicha ilmiy izlanishlarning cheklanganligi | |
| 85. | Inklyuziv ta’limni samarali tashkil etishning nazariy asoslari mukammal ishlab chiqilmagan | Inklyuziv ta’lim bilan bog‘liq muammolar |
| 86. | Oddiy sinflarda nogironligi bo‘lgan bolalar bilan ishlashda differensial va individual yondashuv bo‘yicha metodik izlanishlar yetarli emas | |
| 87. | Inklyuziv muhitda sog‘lom bolalar va nogironligi bo‘lgan bolalar o‘rtasida ijtimoiy-psixologik moslashuv muammolari | |
| 88. | Defektolog, logoped, tiflopedagog, surdopedagog kabi mutaxassislarni tayyorlash tizimi yetarlicha takomillashmagan | Pedagog va mutaxassislar tayyorlashdagi muammolar |
| 89. | Maxsus pedagoglar uchun kompetensiya modelini ishlab chiqish va baholash mezonlari ilmiy asosga to‘liq ega emas | |
| 90. | Maxsus pedagoglarda kasbiy kuyish (burn-out), psixologik yuklama va motivatsiya muammolarini o‘rganish zarurati | |
| 91. | Jamiyatda nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiylashuvi va integratsiyasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarning yetarli emasligi | Ijtimoiy va madaniy muammolar |
| 92. | Oilaning maxsus ta’limdagi o‘rni va ota-onalar bilan samarali hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqish masalalari | |
| 93. | Nogironligi bo‘lgan shaxslarni mehnat bozoriga tayyorlash va kasbiy ta’limga yo‘naltirishning ilmiy asoslari mukammal ishlab chiqilmagan |
VII. Maktabgacha va maktab ta’limini boshqarish sohasining ilmiy muammolari
| T/r | Muammoning nomi | Muammolar tasnifi |
|---|---|---|
| 94. | Ta’lim tizimini boshqarishda yagona ilmiy konsepsiya va modelning yetarlicha ishlab chiqilmaganligi | Nazariy-metodologik muammolar |
| 95. | Maktabgacha va maktab ta’limini boshqarishda innovatsion menejment yondashuvlari (strategik boshqaruv, tizimli yondashuv, sifat menejmenti)ning ilmiy asoslari mukammal ishlab chiqilmagan | |
| 96. | Ta’lim sifatini baholashning milliy va xalqaro standartlarga mos indikatorlarini ishlab chiqish zarurati | |
| 97. | Maktabgacha va maktab ta’lim muassasalari o‘rtasida uzluksizlik va izchillikni ta’minlash mexanizmlarining yetarlicha shakllanmaganligi | Tashkiliy-boshqaruv muammolari |
| 98. | Hududiy (qishloq va shahar) ta’lim muassasalari o‘rtasidagi moddiy-texnik va tashkiliy tafovutlarni bartaraf etishning murakkabligi | |
| 99. | Ta’lim muassasalarini boshqarishda shaffoflik va samaradorlik mexanizmlarining kuchsizligi | |
| 100. | Rahbar kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimining ilmiy asoslari yetarlicha ishlab chiqilmagan | Kadrlar bilan bog‘liq muammolar |
| 101. | Ta’lim muassasasi rahbarlarida zamonaviy menejment, pedagogik liderlik, raqamli texnologiyalarni boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirishda ilmiy-metodik izlanishlarning yetishmasligi | |
| 102. | Rahbarlarning faoliyatini samaradorlik asosida baholash tizimining ilmiy asoslanganligi sust | |
| 103. | Maktabgacha va maktab ta’limini boshqarishda raqamli transformatsiya jarayonining ilmiy asoslarini ishlab chiqish zarur | Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) bilan bog‘liq muammolar |
| 104. | Elektron boshqaruv (e-management), ta’lim monitoringi va statistik tahlil tizimlari ilmiy jihatdan yetarli darajada takomillashmagan | |
| 105. | Ma’lumotlarni tahlil qilish, ta’limda “big data” va sun’iy intellektdan foydalanishning ilmiy-pedagogik oqibatlari to‘liq o‘rganilmagan | |
| 106. | Ota-ona, mahalla va ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni boshqarishning ilmiy asoslari sust ishlab chiqilgan | Ijtimoiy-psixologik muammolar |
| 107. | Ta’lim muassasalarida ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish va boshqarish mexanizmlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar yetarli emas | |
| 108. | Boshqaruv jarayonida inson omili, motivatsiya va liderlikning ta’siri chuqur o‘rganilmagan | |
| 109. | Ta’lim muassasalarini moliyalashtirishda samaradorlikni oshirish va resurslarni adolatli taqsimlash mexanizmlarini ilmiy asoslash zarur | Moliyaviy va resurslarni boshqarish muammolari |
| 110. | Davlat-xususiy sheriklik asosida ta’limni boshqarishning samarali modellarini ishlab chiqishdagi bo‘shliqlar | |
| 111. | Ta’lim tizimini boshqarishda korrupsiya va byurokratiyaga qarshi kurashishning ilmiy asoslari yetarlicha ishlab chiqilmagan |
-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-
Telegram kanalimizni