Hoziroq biz bilan bog'laning Telfon raqam: +998(95) 500 03 84

Sayt test rejimida ishlamoqda |
Obuna bo'ling:

I.Y. Yakovlev nomidagi Chuvash davlat pedagogika universiteti(Rossiya)

  • 2024-08-21T05:00:00+05:00
I.Y. Yakovlev nomidagi Chuvash davlat pedagogika universiteti(Rossiya)

2022-yil 5-oktabr kuni O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti va I.Y. Yakovlev nomidagi Chuvash davlat pedagogika universiteti (Rossiya) o‘rtasida 5 yillik hamkorlik shartnomasi imzolandi. Ushbu hamkorlik, asosan, pedagogika sohasidagi ta’lim dasturlarini rivojlantirish, o‘qituvchilarning malakasini oshirish va ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. I.Y. Yakovlev nomidagi Chuvash davlat pedagogika universiteti bilan olib borilgan hamkorlik aloqalari doirasida o‘qituvchilar va talabalar uchun turli xalqaro tadbirlar, seminarlar va konferensiyalar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, universitetlarning tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytirish, yangi pedagogik texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish va ilmiy maqolalar chop etish bo‘yicha hamkorlik qilish ko‘zda tutilgan. Hamkorlikning asosiy maqsadi, ta’lim sifatini oshirish va pedagogika sohasida yangi yondashuvlarni tatbiq etishdir.

BIZ BILAN BO'LING
-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
Kuzatib boring.

| Obuna bo'ling