Hoziroq biz bilan bog'laning: +998955000384

Подпишитесь
SamDPI logo
Yangiliklar
Kimyo kafedrasida professor-o‘qituvchilarning ilmiy-uslubiy seminarlari davom etmoqda

Событие
2026-02-02
6189

Kimyo kafedrasida professor-o‘qituvchilarning navbatdagi ilmiy-uslubiy seminari bo‘lib o‘tdi. Seminar davomida kimyo kafedrasi mudiri, dotsent J.Bobojonov tomonidan “Kompleks ta’sir etuvchi noorganik defoliantlar va ularni olish texnologiyasi”, kafedra katta o‘qituvchisi M. Mamirzayev tomonidan esa “Mahalliy xomashyolardan olingan katalizatorlarda metandan mezog‘ovakli uglerod olish texnologiyasini tadqiq etish” mavzularida ilmiy ma’ruzalar taqdim etildi.
Mazkur seminarda institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Shodiyor Sultonov, fakultet dekani, kafedra mudirlari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar. Tadbir davomida mavzular yuzasidan atroflicha ma’ruzalar tinglanib, ilmiy-amaliy muhokamalar olib borildi. Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan qator savol va takliflar bildirildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo'ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling