Свяжитесь с нами прямо сейчас: +998958268212

Подпишитесь
logo
Yangiliklar
Buyuk Britaniyada PRESETT Leadership Programme doirasidagi seminar-treninglar muvaffaqiyatli yakunlandi

Международное сотрудничество Международная конференция Главная страница
2026-01-31
5670

Britaniya Kengashi hamda Cambridge University Press & Assessment hamkorligida Markaziy Osiyo davlatlaridagi oliy ta’lim muassasalarining rahbar xodimlari uchun tashkil etilgan PRESETT Leadership Programme dasturi doirasidagi Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan bir haftalik seminar-treninglar muvaffaqiyatli yakunlandi.
Seminar-treninglarning so‘nggi kunida O‘zbekiston delegatsiyasi tashabbusi bilan “O‘zbek milliy liboslari kuni” doirasida madaniy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbir ishtirokchilarda milliy qadriyatlarimiz va boy madaniy merosimizga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.
Shuningdek, bir hafta davomida seminar-treninglarda o‘z ma’ruzalari bilan faol ishtirok etgan murabbiylar, shuningdek Britaniya Kengashi hamda Cambridge University Press & Assessment tashkilotlarining koordinatorlariga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Будьте в курсе наших новостей-

Следите за нашим Telegram-каналом.

| Подпишитесь