Hoziroq biz bilan bog'laning: +998955000384

Подпишитесь
SamDPI logo
Yangiliklar
Buyuk Britaniyada o‘tkazilayotgan seminar-treningda ta’lim sohasidagi islohotlarni strategik boshqarish va ingliz tilini o‘qitishni modernizatsiya qilish bo‘yicha ilg‘or yondashuvlar o‘rganilmoqda.

Международное сотрудничество Международная конференция Главная страница
2026-01-26
6178

Dasturning birinchi kunida Dr. Brigita Séguis hamda Nisreen Ashr “PRESETT: Ingliz tili islohoti bo‘yicha yetakchilik” mavzusida ma’ruza qildilar.
Taqdimot davomida islohot tashabbuslarini rejalashtirish, ularning bajarilishini monitoring qilish, o‘quv dasturlarini zamonaviylashtirish hamda ingliz tilini tizimli ravishda joriy etish bo‘yicha CUP&A tajribasidan amaliy misollar keltirildi.
Shuningdek, o‘zgarishlarning amaliyotga tatbiq etilishi, dalillarga asoslangan baholash orqali ta’sir ko‘rsatkichlarini kuzatish va qaror qabul qilish jarayonini takomillashtirishga doir muhim yondashuvlar yoritildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo'ling-

Telegram kanalimizni
kuzatib boring.

| Obuna bo'ling