Свяжитесь с нами прямо сейчас: +998(95) 500 03 84

Сайт работает в тестовом режиме
Подпишитесь
logo
Yangiliklar
SamDPIda “Moliyaviy savodxonlik” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

Событие Коррупция
2026-01-26
6164

Samarqand davlat pedagogika institutida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Samariddin Bobomurodov hamda institut Bosh auditori G‘ofur Xo‘jayev ishtirokida talaba-yoshlar uchun “Moliyaviy savodxonlik” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda moliyaviy savodxonlikni oshirish, yashirin iqtisodiyotga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, raqamli iqtisodiyot sharoitida moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, bank kartalari va shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi, onlayn to‘lovlar va kreditlardan to‘g‘ri foydalanish, firibgarlik holatlarining oldini olish hamda qonuniy daromad va soliq to‘lovlariga oid muhim tushunchalar ishtirokchilarga atroflicha tushuntirildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Будьте в курсе наших новостей-

Следите за нашим Telegram-каналом.

| Подпишитесь