Свяжитесь с нами прямо сейчас: +998958268212

Подпишитесь
logo
Yangiliklar
SamDPIda “Mening armiyam – mening faxrim” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.

Событие Духовно-просветительское мероприятие
2026-01-16
5812

Samarqand davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Mening armiyam – mening faxrim” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda institut rektori, professor Shahzoda Negmatova so‘zga chiqib, barcha Vatan himoyachilarini, shuningdek, institutimizning fidoyi, g‘oyaviy va mafkuraviy Vatan himoyachilari bo‘lgan professor-o‘qituvchilari hamda mard o‘g‘lonlarini samimiy tabrikladi.

Shundan so‘ng, institut talabalari tomonidan tayyorlangan bayramona dastur namoyish etildi. Tadbir doirasida institut QVZ klubi chiqishlari, milliy kuy va raqslar tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinkilik va iliqlik bag‘ishladi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Будьте в курсе наших новостей-

Следите за нашим Telegram-каналом.

| Подпишитесь