Свяжитесь с нами прямо сейчас: +998958268212

Подпишитесь
logo
Yangiliklar
Shahzoda Negmatova ilmiy unvon va ilmiy darajaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilarni tabrikladi!

Главная страница
2026-01-15
5686

Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova ilmiy unvon va ilmiy darajaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar bilan uchrashib, ularni ushbu yutuqlari bilan tabrikladi.

Uchrashuv davomida institutda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar hamda qo‘lga kiritilayotgan natijalar ta’lim muassasasining ilmiy salohiyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etayotgani alohida ta’kidlandi. Rektor ilmiy faoliyatda izchillik, yangicha yondashuv va tashabbuskorlikni davom ettirish zarurligini qayd etib, professor-o‘qituvchilarga kelgusidagi ilmiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Shuningdek, ilmiy darajaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar institut tomonidan bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Будьте в курсе наших новостей-

Следите за нашим Telegram-каналом.

| Подпишитесь