Свяжитесь с нами прямо сейчас: +998958268212

Подпишитесь
logo
Yangiliklar
Gandbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati yakunlandi

Спорт
2025-12-19
6237

Joriy yilning 12–18-dekabr kunlari Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan yigit va qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Musobaqada respublikaning barcha hududlaridan kelgan yosh sportchilar g‘oliblik uchun bahs olib bordilar.

Qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko‘ra, Samarqand viloyati jamoasi 🥇 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ushbu yuksak natijaga erishishda Samarqand davlat pedagogika instituti sportchi talaba qizlari — Jasmina Uzoqboyeva, Zulxumor Avalbayeva, Zarifa Uzoqboyeva va Nozima Ibragimovalar munosib hissa qo‘shdilar.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan munosib tarzda taqdirlandilar.

-Будьте в курсе наших новостей-

Следите за нашим Telegram-каналом.

| Подпишитесь