Свяжитесь с нами прямо сейчас: +998(95) 500 03 84

Сайт работает в тестовом режиме
Подпишитесь
logo
Yangiliklar
Tillar fakultetida “Ota-onalar forumi” o‘tkazildi

Событие Коррупция
2025-12-19
6539

Tillar fakultetida talabalar ota-onalari ishtirokida “Ota-onalar forumi” tashkil etildi. Mazkur tadbirda Samarqand davlat pedagogika instituti rahbariyati vakillari, fakultet professor-o‘qituvchilari hamda talabalarning ota-onalari qatnashdi.

Forum davomida farzandlarining ta’lim olishi va kelajakdagi kamolotiga befarq bo‘lmay, ularni doimiy qo‘llab-quvvatlab kelayotgan ota-onalarga institut rahbariyati tomonidan minnatdorlik bildirildi. Tadbirda ta’lim sifatini oshirish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar, zamonaviy o‘quv-uslubiy yondashuvlar, talabalarni ijtimoiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash dasturlari, xotin-qizlar faoliyatiga oid yangiliklar, korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlar, shuningdek, iqtidorli yoshlar uchun yaratilayotgan ilmiy va ijodiy imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Shuningdek, talabalar davomatini muntazam nazorat qilish, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini yanada oshirish hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini kuchaytirish masalalari yuzasidan ochiq va samarali fikr almashildi.

Tadbir yakunida namunali xulqi, faolligi va a’lo o‘zlashtirishi bilan ajralib turgan talabalarning ota-onalariga institut rahbariyati tomonidan “Tashakkurnoma”lar tantanali ravishda topshirildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Будьте в курсе наших новостей-

Следите за нашим Telegram-каналом.

| Подпишитесь