Свяжитесь с нами прямо сейчас: +998(95) 500 03 84

Сайт работает в тестовом режиме
Подпишитесь
logo
Yangiliklar
SamDPIda “Karyera kuni” o‘tkazildi

Событие
2025-12-18
5838

Samarqand davlat pedagogika institutida 2025-yil 17-dekabr kuni 2025/2026-o‘quv yili bitiruvchilarini mehnat bozoriga yo‘naltirish, ularning bandligini ta’minlashga ko‘maklashish hamda bitiruvchilar va ish beruvchilar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida “Karyera kuni” tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbir doirasida turli tashkilot va muassasalar vakillari ishtirok etib, bitiruvchilarga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, mehnat bozori talablari hamda ishga qabul qilish tartiblari haqida batafsil ma’lumot berdilar. Shuningdek, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish, rezyume topshirish va ish beruvchilar bilan bevosita suhbatlashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Будьте в курсе наших новостей-

Следите за нашим Telegram-каналом.

| Подпишитесь