Свяжитесь с нами прямо сейчас: +998(95) 500 03 84

Сайт работает в тестовом режиме
Подпишитесь
logo
Yangiliklar
STEAM laboratoriyasida navbatdagi seminar-trening o‘tkazildi.

Событие
2025-12-15
5895

STEAM laboratoriyasida navbatdagi o‘quv-amaliy seminar-trening tashkil etildi. Seminar trener Aziza Qudratova tomonidan olib borilib, “Matematik savodxonlik (PISA): real hayotiy muammolarni modellashtirish” mavzusiga bag‘ishlandi.

Mashg‘ulot PISA tadqiqotlari doirasida baholanadigan matematik savodxonlik kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratildi. Unda real hayotiy vaziyatlarni matematik model asosida ifodalash, tahlil qilish va yechim topish bosqichlari yoritildi. Tinglovchilar OECD tomonidan taqdim etilgan PISA namunaviy topshiriqlari asosida amaliy ishladilar.

Seminar interaktiv shaklda o‘tkazilib, muhokama va jamoaviy ishlash orqali ishtirokchilarning tanqidiy hamda ijodiy fikrlashi faollashtirildi. Mazkur trening matematik savodxonlikni rivojlantirish va PISA talablari asosida ta’lim jarayonini takomillashtirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etdi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Будьте в курсе наших новостей-

Следите за нашим Telegram-каналом.

| Подпишитесь