Свяжитесь с нами прямо сейчас: +998(95) 500 03 84

Сайт работает в тестовом режиме
Подпишитесь
logo
Yangiliklar
“Ekspert kengashi”ning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Событие
2025-12-13
6065

Bugun Samarqand davlat pedagogika institutida institut huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/31.10.2024.Ped.187.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi “Ekspert kengashi”ning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha tadqiqotchi Umarov Nurbek Irkinovichning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kvest texnologiyasidan foydalanishga tayyorlash metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokama qilindi.

Shuningdek, mazkur ixtisoslik bo‘yicha tadqiqotchi Ilmurodov Samadjon Xolberdiyevichning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy-subyektiv pozitsiyasini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi dissertatsiya ishi ham keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Будьте в курсе наших новостей-

Следите за нашим Telegram-каналом.

| Подпишитесь