Свяжитесь с нами прямо сейчас: +998958268212

Подпишитесь
logo
Yangiliklar
Talabalar bilan muloqot: kuzgi semestr nazoratlariga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi

Событие
2025-12-12
6391

Samarqand davlat pedagogika instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Noryigit Musulmonov, talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul rektor maslahatchisi Baxtiyor Rejabboyev, moliya va iqtisodiyot ishlari bo‘yicha prorektor Shodiyor Sultonov, shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Samariddin Bobomurodovlar mas'ullar hamrohligida fakultetlarda 2025/2026-o‘quv yili kuzgi semestr yakunida o‘tkaziladigan oraliq va yakuniy nazorat jarayonlariga tayyorgarlik masalalari yuzasidan o‘qituvchi va talaba-yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida dars jarayonlari, talabalar davomatining holati hamda nazorat imtihonlariga tayyorgarlik darajasi batafsil tahlil qilindi. Talabalar bilan muloqot jarayonida yakuniy nazoratlarning adolatli, shaffof va xolis tarzda tashkil etilishi bo‘yicha fikr-mulohazalar tinglandi.

Shuningdek, fakultetlarda yaratilgan shart-sharoitlar va mavjud imkoniyatlar o‘rganilib, o‘quv jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Будьте в курсе наших новостей-

Следите за нашим Telegram-каналом.

| Подпишитесь