Свяжитесь с нами прямо сейчас: +998(95) 500 03 84

Сайт работает в тестовом режиме
Подпишитесь
logo
Yangiliklar
8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!

Событие
2025-12-06
6247

Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Ushbu tadbirlar Bosh qomusimizning yaratilish tarixi, mohiyati va jamiyat hayotidagi o‘rnini keng targ‘ib etishga qaratilgan bo‘lib, uchrashuv va muloqotlar, ma’lumotlar ko‘rgazmalari hamda turli madaniy-ma’rifiy loyihalarni o‘z ichiga oladi.

❗️ Xususan, Samarqand shahridagi Alisher Navoiy ko‘chasi bugun ramziy tarzda “Konstitutsiya ko‘chasi”ga aylantirildi.

Viloyat hokimi Adiz Boboyev boshchiligidagi viloyat rahbarlari, deputatlar, faollar va jamoatchilik vakillari mazkur ko‘chada tashkil etilgan tematik ko‘rgazmalar bilan tanishdilar. Tadbir davomida Konstitutsiyaning ahamiyati, unda belgilangan inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan asosiy normalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

🏦 Ushbu tadbirlarda Samarqand davlat pedagogika instituti jamoasi ham faol ishtirok etdi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Будьте в курсе наших новостей-

Следите за нашим Telegram-каналом.

| Подпишитесь