Свяжитесь с нами прямо сейчас: +998(95) 500 03 84

Сайт работает в тестовом режиме
Подпишитесь
logo
Yangiliklar
Aniq va amaliy fanlar fakultetida ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi

Событие
2025-12-03
6138

Aniq va amaliy fanlar fakultetida talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash maqsadida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda rektor maslahatchisi Baxtiyor Rejabboyev ishtirok etib, talabalarga ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, do‘stona va samimiy munosabatlarni rivojlantirish, o‘zaro hurmat tamoyillariga rioya qilish, zo‘ravonlikning oldini olish, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish, kiberjinoyatchilikdan himoyalanish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish mavzularida suhbat olib bordi.

Uchrashuv davomida talabalar bilan sog‘lom psixologik muhit yaratish, jamoada muloqot madaniyatiga amal qilish, ziddiyatlarni tinch yo‘l bilan bartaraf etish bo‘yicha tushuntirishlar olib borildi. Shuningdek, yoshlarning ongida ogohlik va mas’uliyatni kuchaytirishga xizmat qiluvchi amaliy tavsiyalar berildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Будьте в курсе наших новостей-

Следите за нашим Telegram-каналом.

| Подпишитесь