Свяжитесь с нами прямо сейчас: +998(95) 500 03 84

Сайт работает в тестовом режиме
Подпишитесь
logo
Yangiliklar
Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi PhD.03/31.10.2024.Ped.187.01 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Событие
2025-11-29
5929

Kun tartibiga muvofiq, Nishanova Hafiza Vafokulovnaning 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (filologiya)” ixtisosligi bo‘yicha “Turizm sohasiga oid atamalarni axborot texnologiyalari vositasida o‘qitish metodikasini takomillashtirish (ingliz tili fani misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyasi himoyasi o‘tkazildi.

Shuningdek, Abdumannatova Aziza Abdumajit qizining 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha “Talabalarda musiqa turizmi vositasida tolerantlikni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyasi himoyasi ham bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish yakunida har ikki dissertatsiya ilmiy kengash tomonidan ma’qullanib, dissertantlar PhD ilmiy darajasini olishga loyiq deb topildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Будьте в курсе наших новостей-

Следите за нашим Telegram-каналом.

| Подпишитесь