Свяжитесь с нами прямо сейчас: +998(95) 500 03 84

Сайт работает в тестовом режиме
Подпишитесь
logo
Yangiliklar
Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi PhD.03/31.10.2024.Ped.187.01 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Событие
2025-11-28
6246

Kun tartibiga muvofiq Raxmanova Maxsuda Usmanovnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika) ixtisosligidan “Mustaqil ish jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilar kognitiv kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish metodikasi” mavzusidagi PhD dissertatsiyasi himoyasi o‘tkazildi.

Shuningdek, Murtazayeva Umida Isakulovnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligidan “Kredit-modul tizimi sharoitida talabalarning o‘quv-tadqiqot kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (‘Umumiy pedagogika’ fanini o‘qitish misolida)” mavzusidagi PhD dissertatsiyasi himoyasi ham bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish yakunida har ikki dissertatsiya ilmiy kengash tomonidan ma’qullanib, dissertantlar PhD ilmiy darajasini olishga loyiq deb topildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Будьте в курсе наших новостей-

Следите за нашим Telegram-каналом.

| Подпишитесь